Tushda ehtiyot qilmoq | Тушда эхтиёт килмок

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

EHTIYoT QILMOQ (POS DOSHTAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda ehtiyotkorlik qilmoqning ikkita ma’nosi bor.
Agar yaxshi odamlarni ehtiyot qilayotganini ko‘rsa, ikki dunyoning xayru manfaatiga dalil bo‘ladi. Agar podshohning saroyida posbonlik qilayotganini ko‘rsa, podshoxdan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Agar bu tushni savdogar ko‘rsa, tijoratdan ko‘p foyda topishini bildiradi. Agar yaxshi va taqvodor odamlarni ehtiyot qilayotganini ko‘rsa, ulardan dunyoning yaxshiligi va foydalarini topishiga dalildir. Tushida posbonni ko‘rsa, qadr-e’tibor egasini bildiradi, ishlariga rahbarlik qilishini, odamlar esa unga himmat ko‘zi bilan boqishini anglatadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan