Tushda ekin ekish, ziroat | Тушда экин экиш, зироат
EKIN EKISH, ZIROAT (KISHTU ZAR’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ekin ekish va ziroat Alloh ta’ologa tavakkul qilishni, halol rizq payida bo‘lishni bildiradi hamda fozil va yaxshilikni ko‘zlovchi kishini ham bildiradi. Tushida ekin ekish uchun yerni ag‘darganini ko‘rsa, xayriya va sadaqa qilishiga dalildir.
Ta’bir san’ati ustodlarining aytishlaricha, tushida ziroatchilik bilan igug‘ullanayotganlarini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yerni ag‘darib, don sepganini, so‘ng qayta terib olganini ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va ne’mat topishiga dalildir. Tushida ekin ekkanini va undan chiqqan hosildan yeganini ko‘rsa, aytilgandan ham yaxshiroq bo‘ladi. Agar ekin ekkanini, biroq hech narsa hosil bo‘lmaganini, endi nima qilish kerakligini bilmayotgan bo‘lsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Agar tushida bug‘doy ekkanini ko‘rsa, podshohdan yaxshilik yetishiga dalildir. Agar arpa ekkanini ko‘rsa, ko‘p mol hosil qilishiga dalildir. Agar tariq ekkanini ko‘rsa, ozroq mol hosil qilishiga dalildir.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘z yerida urug‘ sepganini ko‘rsa, xotin olishi va ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.
Agar bir savdogar odam o‘z yerini ekilmagan holda ko‘rsa, ziyon ko‘rishiga yoki birov bilan dushmanlashuviga dalildir. Agar tushida notanish bir yerni ag‘darganini va o‘sha yerga urug‘ sepganini ko‘rsa, sadaqa va xayriya qilishiga rag‘batli ekaniga dalildir. O‘ziga qarashli yerda ekin borligini ko‘rsa, ne’mati farovon bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘z yeriga bug‘doy yoki arpa yoxud daraxt ekkanini ko‘rsa, izzat va obro‘ topishiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ziroatchilik besh narsani bildiradi: halol rizq qidirishni; xayru manfaatni; bemorlikni; izzat va ulug‘likni; maishatni.