Tushda ekinzor | Тушда экинзор

EKINZOR (KISHTAZOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tanish ekinzor tanish joyda bo‘lsa va uni o‘z vaqtida ko‘rsa, odamlarning farzandlariga dalil bo‘ladi. Tushida hosilni o‘rib olayotganini ko‘rsa, odamlar jangda qirilishini bildiradi.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, o‘zini tanish ekinzorda ko‘rsa, dini va dunyosi uchun yaxshi bo‘ladigan amallarni qilishiga dalildir. Agar ekin ekib, yig‘ib olganini va xirmonga qo‘yganini ko‘rsa, umid qilgan narsasiga yetishini bildiradi. Tushida ekinzor ichida ketayotganini ko‘rsa, g‘oziylar bilan g‘azoga borishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ekinzor jang va xusumatga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushida ekinzor ichida ketayotganini, ekinlar hamon yashil ekaniga qaramay, o‘rib olayotganini ko‘rsa, jang maydoni ichiga kirishiga dalildir. Agar ekinzorga o‘t tushib, barchasi kuyib ketganini ko‘rsa, o‘sha diyorda ocharchilik yuz berishiga dalildir. Tushida o‘z ekinzoriga suv berayotganini ko‘rsa, dunyo va oxiratga foyda beradigan bir ish qilishiga dalildir. Tushida qayerdandir olov kelib, ekinini kuydirib yuborganini ko‘rsa, podshohdan ziyon yetishiga dalildir. Tushida ekinzorini katta daryo urib ketganini ko‘rsa, o‘sha diyorda ochlik yuz berishiga dalildir. Tushida bug‘doy boshoqlari va donlari yerga to‘kilib ketganini ko‘rsa, ekin sohibiga ziyon yetishini bildiradi. Agar bu ekinzor kimniki ekanini bilmasa, unda zarar tush ko‘ruvchiga yetishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Xotinlaringiz ziro-atgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingiz-dan kelaveringiz va o‘zingiz uchun (savobli ishlarni) taqdim etingiz. . . (Baqara surasi, 223-oyat). Agar ekinzorni o‘z vaqtida ko‘m-ko‘k ekanini ko‘rsa, o‘sha diyorda ne’mat farovon bo‘lishiga dalildir. Agar bu yer o‘z mulki ekanini ko‘rsa, hojatlari ravo bo‘lishiga dalildir. Agar tushida ekinni o‘z vaqtida o‘rib olib, boshoqlarni o‘z uyiga olib kelganini ko‘rsa, musibatga dalil bo‘ladi.
Ja’far ,_Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda ekin ekish va yetilgan boshoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish yaxshilikka va foydaga dalil bo‘ladi. Yetilmagan, ko‘m-ko‘k boshoqni yig‘ish bemorlikka dalildir.
Ismoil Angas (r.a.)ning aytishicha, tushida ekinni o‘z vaqtida yig‘ib olish Xudoyi ta’olo amrini bajo keltirishga, tavfiq topishiga va kambag‘allarga xayriya qilishga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . .Hosil yig‘ish kunida (muhtojlarga) haqqini (ushri va xirojini) beringlar va isrof qilmangizlar. . . (An’om surasi, 141-oyat).



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *