Tushda eshik | Тушда эшик

ESHIK (DAR) Tushdagi eshik ayoldir. Tushida tanish yoki notanish yerda uning uchun darvozalarni ochib qo‘yganlarini, darvozalar ko‘cha tomon qaraganini ko‘rsa, qo‘lidagi molini xarj qilishiga dalildir. Tushida bir saroy darvozasi unga ochilganini ko‘rsa, podshoxdan mol topishi va ayolga undan nafaqa qilishiga dalildir. Tushida hovlisining darvozasi singanini ko‘rsa, musibat va katta mashaqqat yuz berishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘cha eshigini o‘rnidan chiqarib, olib ketganlarini, hech kim uni qayoqqa olib ketganlarini bilmasa, uy egasiga musibat va mehnat yuz berishini bildiradi. Tushida eshigi kichik ekanini ko‘rsa, ayoliga ofat yetishini bildiradi. Tushida ko‘cha eshigining naqadar katta ekanini va hech bir eshik bu darajada katta emasligini ko‘rsa, bir itoatsiz qavm uning hovlisiga zo‘rlik bilan kelishi va xusumatli musibat yuz berishiga dalildir. Tushida hovli darvozasining halqasini qoqqanlarini, agar qoqilganiga javob berilganini ko‘rsa, uning duosi qabul bo‘lganiga dalildir, boylik topish ehtimoli ham bor. Tushida halqa qoqqanlarini, tezda hovli eshigini ochganlarini ko‘rsa, albatta Xudoyi ta’olo uning duosini ijobat qilishi va dushman ustidan zafar topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yangi eshikni mahkam yopganini va qulf osganini ko‘rsa, xotini o‘lishi yoki unga taloq berishiga dalildir. Tushida xonasi uchun yangi eshik o‘rnatishni duradgorga buyurganini ko‘rsa, yosh kanizak sotib olishiga dalildir. Tushida uy eshigining qulfi yo‘qligini ko‘rsa, beva xotin olishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida yirtqich va yovvoyi hayvonlar eshigi oldida sakrayotganlarini va qichqirayotganlarini ko‘rsa, yosh yigitlar uning ayoligi qasd qilishlariga dalildir.
Tushida osmon eshiklarining ochilganini ko‘rsa, shu diyor ahliga yaxshiliklar eshigi ochilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi eshik uch narsani bildiradi, saroy egasini; ayolni; xodimni.

An-nobulsiy: Eshik tushda hovli rahbariga dalolatdir. Kim eshikda o’zgarish ko’rsa, u shu holatni shu hovlining rahbarida ko’radi. Ochiq eshiklar rizq eshiklaridir. Uylarning eshiklari ayollarga ta’vil qilinadi. Eshik tekis bo’lsa, bokira qizlarga, agar eshik berkitilmagan bo’lsa, juvonlarga dalolatdir.

Ibn Sirin: Sanubar yog’ochidan ishlangan eshik podshohning hulqi yomon, zolim qo’riqchisi, tijoratchi uchun esa, zolim o’g’ri bo’lgan saqlovchidir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *