Tushda fil suyagi| Тушда фил суяги
FIL SUYAGI (OJ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi fil suyagi davlat bo‘ladi. Agar tushida fil suyagi borligini ko‘rsa, podshoxdan mol topadi. Agar fil suyagini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, moli yo‘q bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, sandig‘ida fil suyagi borligini ko‘rsa, qarindoshlaridan biri ulug‘vor bir ayolga uylanishiga dalildir. Agar tushida fil suyagidan siyohdoni borligini ko‘rsa, podshoh unga kanizak sovg‘a qilishi va obro‘ topishiga dalildir. Agar fil suyagining singanini va yo‘qolganini ko‘rsa, xotini yoki kanizagining o‘limiga dalildir. Fil suyagi qancha oq va toza bo‘lsa, mol shuncha ko‘p bo‘ladi.