Tushda GAVHARFURUSH | Тушда гавхарфурушт
GAVHARFURUSh — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida gavharu marvarid sotayotganini va bu gavhar o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, ilm va din egasi bo‘lishiga va hammaga yaxshilik va ehson qilishiga dalildir. Agar ilm va din egasi bo‘lmasa, g‘ulomlar egasi bo‘lishi va gavharning qiymati mikdorida mol topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, agar kishi solih va pokdomon bo‘lsa va gavhar sotayotganini ko‘rsa, ilm va din amallarini qilishiga dalildir. Tushdagi gavharfurush ilmu hikmat sohibidir.