Tushda go’ng, tezak | Тушда гунг, тезак
GO‘NG VA TEZAK (SARGIN) Ibn Sirinning aytishicha, ot va sigirning go‘ngi molu ne’matni bildiradi. Tushida ko‘p go‘ngni ko‘rsa, molu ne’matning ko‘p hosil bo‘lishiga dalildir. Erkak kishining go‘ngi harom moldir. Agar o‘z joyini ifloslab qo‘yganini ko‘rsa, molidan ba’zi qismini ba’zi ayoliga sarf qilishiga dalildir. Agar hojat ushatib, axlatini tuproq bilan bekitayotganini ko‘rsa, o‘z molini yerga ko‘mib, bekitishiga dalildir. Agar odam go‘ngini yeyayotganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga yoki harom molni qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar noma’lum bir joyga hojat ushatganini ko‘rsa, o‘z molini foyda va savob bo‘lmaydigan bir ishga sarf etishiga dalildir. Agar boshdanoyoq badani axlat bilan bo‘yalganini ko‘rsa, birorta gunoh qilishiga dalildir. Agar ichi ketayotganini ko‘rsa, molini behudaga isrof qilishiga dalildir. Agar ichidan najosati sel kabi oqib chiqayotganini ko‘rsa, podshohdan g‘amu anduh yetishiga dalildir.
Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi odamlar go‘ngi harom molga dalildir. Chorva hayvonlarning go‘ngi ham harom moldir. Vahshiy va yovvoyi hayvonlarning go‘ngi zulm bilan qo‘lga kiritiladigan moldir.
Jobirning aytishicha, odamdan chiqadigan barcha axlatlar o‘sha odamdan chiqadigan molini bildiradi. Agar axlatlar orasida ketayotgani yoki katga ko‘cha yoxud uyda axlatga botib qolganini ko‘rsa, unga podshoxdan g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar najosatga oyoq qo‘yganini va yiqilib tushganini, bosh-oyoq najosatga bulg‘anganini, turgan joyi pastlik va yomon ekanini ko‘rsa, hokimdan yoki valiydan unga biror yoqimsiz holat yetishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda ich ketishi, agar o‘zining joyida bo‘lsa, to‘rt narsani bildiradi: harom molni; ishlarning yurishuvini; oilaga nafaqa kelishini; g‘amning yo‘q bo‘lishini.
Tushda hojat ushatish boylik va muroddir.