Tushda Hajarul asvadni o’pmoq | Тушда хажарул асвадни упмок.
An-Nobulsiy: Tushda Hajarul asvadni o’pish (silash) ulug‘ zotlarga qo‘l berishga yoki olim imomning qo‘l ostida tavba qilishga dalolat qiladi. Ko‘pincha bola va xotinni o’pishga ham dalolat qiladi. Shuningdek, hokimlarga o‘xshash mansabdorlar uchun xizmat qilishga dalolat qiladi. Kim uni ushlasa, aytilishicha, u ahli Hijozdan bo‘lgan imomga iqtido qiladi.