Tushda haram | Тушда харам

Xatchoplar
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

Tushda haram ko’rsa nima bo’ladi | Тушда ҳарам кўрса нима бўлади

HARAM Haram bu tinchlik va omonlik joyidir. Agar Ka’batullohning haramida yurganini ko‘rsa, dunyo ofatlaridan emin bo‘lishiga dalildir va unga Haj qilmoq nasib etadi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar podshohning yoki biror ulug‘ kishining haramga borganini ko‘rsa, barcha yomonliklaridan omon bo‘lishi, ehtimolki, podshohdan biror narsa topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, o‘sha haram ahliga ishi tushishiga dalildir. Agar podshoh uni o‘z haramiga chaqirganini va u yerda joylashib olganini ko‘rsa, podshohning ishiga kirishishini va bir ish qilib, undan badnomlik topishini bildiradi. Agar zolim podshohning haramiga borganini ko‘rsa, u ham yuqoridagi kabidir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan