Tushda hayit | Тушда хайит
HAYIT (IYD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida iydi Qurbon (Qurbon hayiti) bo‘lganini ko‘rsa, bir aqlli odamga ishi tushishiga dalildir. Agar tushida iydi Ramazon (Ramazon hayiti) bo‘lganini ko‘rsa, bir zohid va obid kishi bilan suhbatdosh bo‘lishi va undan diniy foydalar ko‘rishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida hayit bo‘lganini va odamlar yasanib chiqqanlarini ko‘rsa, agar mahbus bo‘lsa, ozod bo‘lishi, izzat va obro‘ sohibi bo‘lsa, izzati va obro‘i yanada ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar bu tushni hayit yaqinlashganda ko‘rsa, oqil bir kishi bilan muomala qilishiga dalildir.