Tushda hushbo’y buta | Тушда хушбуй бута

An-Nobulsiy: kasal odam uni tushida ko’rsa sog’ayib ketishiga, qomatini tutishga, yuzini soch bilan to’sishga yoki qaddini libos bilan yopishga dalolat qiladi. Shuningdek, ko’pincha amalga oshishi umid qilinayotgan narsadan noumid bo’lishga ham dalolat qiladi. Aytilishicha, u ahdiga vafo qiladigan odamga ham dalolatdir. Kim tushida xushbo’y butadan bo’lgan tojni boshida ko’rsa, u er yoki xotindir. Ya’ni tush ko’ruvchi erkak bo’lsa, ko’rgan narsasi ayol bo’ladi, ayol kishi tush ko’rgan bo’lsa, undan Murod er bo’ladi. Ibn Sirin: aytilishicha, u ahdiga vafo qiladigan kishidir. Lekin u ba’zan noumidlikka ham dalolat qiladi. Kim boshida hushbo’y butadan bo’lgan tojni ko’rsa, u doim birga bo’ladigan eri yoki xotinidir. Kim uni uyida ko’rsa, u doimiy birga bo’luvchi mol yoki hamisha birga bo’ladigan yaxshilikdir. Kim tushida yosh yigitdan uni qo’liga olsa, o’ngida dushmanidan doimiy ahdni oladi. Kim tushida butani erga sanchsa, u ishlarini tadbir bilan qiladi. U imorat, rahbarlik va xursandchilik ham bo’lishi mumkin.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *