Tushda jigar | Тушда жигар

JIGAR Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi jigar yashirilgan mol bo‘ladi. Agar odamlarning jigarini ko‘rsa, yashirin mol topishi va sarfu xarajat qilishiga dalildir. Agar uning qo‘lida ko‘pgina pishirilgan yoki xom jigarlar bo‘lsa, xazina topishiga dalildir. Molning va qo‘yning jigari ham molu ne’matga dalolat qiladi. Ba’zi bir ta’birchilarning aytishicha, tushdagi jigar farzanddarga dalolat qiladi, chunonchi Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: Avladuna akbaduna (Bolalarimiz jigarlarimizdir ).
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, jigarning tashqariga chiqishi, pinhon molning yuzaga chiqishdir. Ko‘pgina jigar, u xom bo‘lsin yoki pishgan bo‘lsin, xazina topish yoki g‘ayb ilmidan bahra topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi jigar uch narsani bilidradi: farzand va molni; farzand o‘rnidagi do‘stni; ilmni.
Agar uning uyidan jigarni olib chiqib ketayotganlarini yoki olov jigarni kuydirib yuborganini ko‘rsa, podshoh uning xazina va molini tortib olishiga dalildir. Agar bu tushni biror olim odam ko‘rsa, ilmlari butunlay yoddan chiqishiga dalildir.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *