Tushda urush, jang qilmoq | Тушда уруш, жанг килмок
JANG QILMOQ (JANG KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida odamlar yoki hayvonlar bilan jang qilayotganini ko‘rsa, agar bular bir jinsdan bo‘lsalar, g‘olib bo‘lgan jang dushman ustidan zafar topadi.
JANG QILISH (KOR-ZOR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi jang o‘lat (to’un) kasalligi bo‘ladi. Tushida jang qilayotganini ko‘rsa, o‘lat illatidan unga xavf borligiga dalildir. Agar jangda dushmanni yengganini ko‘rsa, o‘latdan xalos topishiga dalildir. Agar jangda dushman uni qo‘lga olsa, o‘latdan halok bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida jangda kim bilandir qilich ko‘tarib jang qilayotganini va ulardan biri qilich urishga fursat topganini ko‘rsa, xusumatga dalil bo‘ladi va fursat topganga g‘alaba yor bo‘ladi. Agar jangda nayza bilan urishayotgan bo‘lsa, unga ham mazkur ta’bir bo‘ladi. Agar tiru kamon bilan jang qilayotgan bo‘lsa ikki orada og‘zaki tortishuv yuz berishiga dalildir.
Tushda shaxarliklarning yov bilan urushayotganini ko’rish o’sha shaxarda oziq ovqat qimmat bo’lishiga ishoradir agar tushda shaxarliklar xukmdorga qarshi urush ochgan bolsalar davlatda tinchlik va xavfsizlikga yurtda farovonlikga dalolat tushda urush maydonidan qochish baxtga ishora.