Tushda jannat | Тушда жаннат
Agar kimdir unga Jannat mevalaridan berganini ko‘rsa, o‘sha kishi tufayli ilmdan bahramand bo‘lishiga dalildir. Agar Jannatga o‘t yoqib yuborganini ko‘rsa, biror kishining bog‘idan harom yeyishiga dalildir. Agar Kavsar hovuzidan suv ichganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalil bo‘ladi. Agar Jannat ko‘shklaridan biri unga berilganini ko‘rsa, bir dilorom ayolga yoki kanizakka uylanishiga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar Jannat farishtasi undan shod va xurram ekanini ko‘rsa, biror kimsadan shodu xurramlik va ne’mat topadi. Alloh ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: . . .Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluv-chi bo‘lgan hollaringizda kiringiz, deganlarida(ular behad shodlanurlar). . . (Zumar surasi, 73-oyat).
Agar Jannatga o‘xshagan chiroyli bir baland joyda turganini ko‘rsa va bu yerni Jannat ekan deb hayol qilayotgan bo‘lsa, bir odil podshoh bilan yoki biror boy kishi bilan yoxud bir ulug‘vor kishi bilan aloqa bog‘lashini bildiradi. Agar Jannat tomon ketayotganini ko‘rsa, X,aq yo‘liga kirishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda Jannatni ko‘rmoq to‘qqiz narsani bildiradi: ilmni; taqvoni; minnatni; shodlikni; bashoratni; omonlikni; xayru barakatni; ne’matni va saodatni.
Agar tushida Jannatda yurganini ko‘rsa, ikki dunyo maqsadlariga yetganiga va qo‘liga ko‘p yaxshiliklar tushishiga dalildir.
Biroq bu tushni solih odam ko‘rsa, kasallik yoki biror baloga mubtalo bo‘lishini bildiradi, bundan esa Bihisht ahlining savobini topadi hamda olim bo‘ladi, xalq esa uning ilmidan manfaat topadi.
Yangi sharhlar