Tushda kal, kal bo’lmoq| Тушда кал, кал булмок
KAL (ASLA’) Bilginki, asla’ deb fors tilida kallikka aytiladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, kal joyidan soch o‘sayotganini ko‘rsa, ozgina mol topishiga dalildir. Tushida kal bo‘lib qolganini ko‘rsa, g‘amu anduxdan ozod bo‘lishiga dalildir. Agar bir ayol o‘zining kal bo‘lib qolganini ko‘rsa, uning ziynati va chiroyiga nuqson yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda kal odamni ko‘rish savdogar uchun foyda, hunarmand uchun kasbu hunar, podshoh uchun tafakkur, ayollar uchun zebu ziynatga dalildir.
KAL BO‘LMOQ (KAL ShUDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida boshining kal bo‘lib qolganini ko‘rsa, molu davlatni ko‘p topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, undan g‘amu qayg‘uning ketishini bildiradi, agar qarzdor bo‘lsa, qarzidan uzilishiga dalildir. Tushida kal odam bilan suhbat qurayotganini ko‘rsa, badavlat odam bilan do‘st va ulfat bo‘lishiga dalildir. Tushida boshining kal ekanini, so‘ng soch chiqarganini ko‘rsa, moli talon-taroj bo‘lib, o‘zi qarzga botishiga dalildir.