Tushda kariz | Тушда кариз

KARIZ (KORIZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tanish bir yerda kariz kavlayotganini va karizda suv paydo bo‘lmaganini ko‘rsa, o‘z odamlari bilan makru hiylaga qo‘l urishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida karizdan suv olganini ko‘rsa, makru hiyla bilan mol hosil qilishiga dalildir.
Agar karizni o‘zi kavlagan bo‘lsa, olgan suvi miqdorida foyda yetadi. Agar karizdan suv olib, xumga yoki ko‘zaga qo‘yganini ko‘rsa, xarj qiladigan molga dalildir. Agar karizga yiqilib tushganini ko‘rsa, makru hiylaga duchor bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bog‘ni kariz suvi bilan sug‘organini ko‘rsa, o‘z xotini bilan jinsiy aloqada bo‘lishiga dalildir.
Tushdagi kariz dunyo ishlarini makru hiyla bilan amalga oshiradigan kishidir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *