Tushda keli, kelicha | Тушда кели, келича

KELI, KELICHA, HAVONCHA (HOVAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, keli va kelisop bir-biriga sherik bo‘lib, ular bir-biriga muhtojdirlar, ular birga bo‘lganlarida foyda keltiradilar. Agar tushda ulardan bittasi ko‘rilsa, foyda bo‘lmaydi. Tushida keli yoki kelichada biror narsa tuyayotgani va u narsa yemish ekanini ko‘rsa, uning miqdoricha ranj va qiyinchilik bilan foyda yetishiga dalildir. Agar u narsa dori bo‘lsa, molining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida havonchada tuygan narsasi shirin bo‘lsa, mashaqqat bilan foyda topishiga dalildir, agar nordon va achchiq bo‘lsa, g‘amu anduhga dalildir. Agar javohirlar bo‘lib, uni havonchada tuyib, mayda qilganini qo‘rsa, uning mikdoricha foyda topishi, oxiri molini ko‘kka sovurishiga dalildir.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *