Tushda kenglik | Тушда кенглик
KENGLIK (FAROXIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida tor yerdan keng yerga chiqqanini yoki qiyinchilikdan yengilchilikka chiqqanini ko‘rsa, g‘amdan qutilishi, anduhdan ozod bo‘lishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida xonaning keng bo‘lganini ko‘rsa, rizq oilasi uchun keng bo‘lishiga dalildir. Agar xonaning tor bo‘lib qolganini ko‘rsa, rizq o‘ziga va oilasiga tor bo‘lishiga dalildir. Agar xonaning tor bo‘lganini, so‘ng yana keng bo‘lganini ko‘rsa, din va shari’at yo‘li uning uchun mustahkam bo‘lishiga dalildir. Umuman, tor narsalarning keng bo‘lishi ishlarning yurishishi va narsalarning barakatli bo‘lishiga dalildir.
Пример HTML-страницы