Tushda ko’krak | Тушда кукрак

KO‘KRAK (SIYNA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ko‘krak shari’atga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Axir, ko‘ksini Alloh Islom uchun (keng) ochib qo‘ygan, o‘zi esa, Parvardigori (tomoni)dan nur (hidoyat) uzra turgan kishi (boshqalar bilan barobar bo‘lurmi)?!.. (Zumar surasi, 22-oyat). Tushida ko‘kragining kengayib ketganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘kragining tor bo‘lib qolganini ko‘rsa, dinida nuqson yuz berishiga dalildir. Agar ko‘kragida yashil xat yozilganini ko‘rsa, Haq ta’olo unga karomat ato qilishiga dalildir. Agar qora xat yozilganini ko‘rsa, beshahodat dunyodan ketishiga dalildir.
Ibrohim (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘kragida mo‘ylar o‘sganini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘kragidan mo‘ylarni qirib tashlaganini ko‘rsa, qarzidan qutilishiga dalildir.
Agar ko‘kragi tiqilib, band bo‘lganini, birorta ham so‘z aytolmay qolganini ko‘rsa, din ishlari tersidan ketishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ko‘krak yetti narsaga dalildir: ilmu hikmatga; saxovatga; iymonga; kufrga; gymonga; o‘limga va baxillikka. Vallohu a’lam. (Alloh bilimdonroqdir).


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *