Tushda ko’z | Тушда куз

KO‘Z (ChASHM) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z uzoqni ko‘ruvchi kishi bo‘lib, u orqali hidoyat yo‘lini topadi. Ko‘k ko‘z bid’atdir, shahlo, ko‘z farzand bo‘ladi. Agar tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishiga yoki farzandining o‘lishiga dalildir. Agar bitta ko‘zining ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, yarim dinining ketishi, bir qo‘li, bir oyog‘i yoki tanining bir qismi bilan ulug‘ gunoh qilishiga yoki unga biror musibat yetishiga dalil bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar ko‘zga surma tortganini ko‘rsa, dinini pok tutishga intilishiga dalildir. Agar surma tortishdan maqsadi ziynat va yasanish bo‘lsa, aziz bo‘lish uchun odamlarning ko‘ziga o‘zini omonatkor va dindor qilib ko‘rsatishiga dalildir. Agar kimdir unga ko‘ziga tortish uchun surma berganini ko‘rsa, surma mikdoriga muvofiq mol topishini bildiradi. Agar ko‘z nuri zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, zohir va botinda (tashqi va ichki tomondan) ikkiyuzlamachi va munofiq bo‘lishga dalildir. Agar tanasida ko‘p ko‘zlar borligini va hamma narsani mukammal ko‘ra olayotganini tush ko‘rsa, dinning farzlarini va sunttalari bajo keltirishga dalildir. Agar kimdir uning ko‘zlarini o‘yib olgan bo‘lsa, ko‘ziga ravshanlik berib turuvchi narsalar, masalan, ayol farzand, saroy, bog‘ uning nazaridan g‘oyib bo‘lishiga dalildir, chunonchi, uni boshqa ko‘rolmaydi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, ko‘zi po‘latdan ekanini ko‘rsa, sirlari ochilishiga dalildir. Ikki ko‘zining shishib ketganini va ularni ocholmayotganini ko‘rsa, yoqimsiz kishi bilan suhbat qurishini bildiradi. Ko‘z nurining kamayganini ko‘rsa, toatida nuqson yuz berishiga dalil bo‘ladi. Agar ikki ko‘zini o‘yilgan holda ko‘rsa, shari’atdan bebahra bo‘lishiga dalildir. Agar yuzining o‘rtasida bitta ko‘z borligini ko‘rsa, din to‘g‘risida og‘zidan nosoz so‘z chiqishiga dalildir. Agar ko‘zlarining ravshan ekanini, biroq odamlar uni ko‘r yoki shapko‘r deb o‘ylayotganlarini ko‘rsa, zohiriga nisbatan botinida dini yaxshiroq ekaniga dalildir. Agar bir kishining ko‘zi qora bo‘lib, so‘ng ko‘k bo‘lib qolganini ko‘rsa, yomonlik va ahvolining o‘zgarishiga dalil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: U kunda Biz jinoyatchilarni ko‘zlari (qo‘rquvdan) ko‘k (nursiz) bo‘lib qolgan hollarida yig‘urmiz. . . (Toho surasi, 102-oyat). Agar ikki ko‘zining oqarib, so‘ng yana qora bo‘lib qolganini ko‘rsa, kasal bo‘lishiga yoki biror kishi bilan o‘rtalarida hurmat paydo bo‘lishiga dalildir. Ko‘zlari butunlay qorayib ketganini, oqi aslo yo‘q ekanini ko‘rsa, takabbur bo‘lishiga dalildir. Agar bir ko‘ziga ofat yetganini ko‘rsa, farzandlariga ofat yetishini bildiradi. Agar bir kishining qo‘l cho‘zib, bir ko‘zini o‘yib olganini ko‘rsa, farzandi uni yo‘ldan urishiga dalildir. Agar kimdir uning ko‘zini bog‘lab qo‘yganini yoki qo‘li bilan bekitganini ko‘rsa, farzandiga ziyodalik yetishiga yoki moli ketishiga yoki biror gunoh qilishiga dalildir. Agar ko‘zlaridan qon oqayotganini ko‘rsa, farzand tufayli g‘am yetishiga yoki moli nuqson topishiga dalildir. Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, har kim ko‘zini quloqqa aylanganini, qulog‘i esa ko‘zga aylanganini ko‘rsa, xotin olishi va qiz tug‘ilishiga yoki har ikkovining qo‘shilishiga dalildir. Agar qo‘li va kaftida ko‘z borligini ko‘rsa, mol topishini bildiradi. Agar ko‘zida oqi borligini ko‘rsa, unga qayg‘u yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Keyin ulardan yuz o‘girib: Esizgina Yusuf! dedi. G‘am-g‘ussadan uning ko‘zlari oqarib (ojiz bo‘lib) qoldi va u endi hazindir (Yusuf surasi, 84-oyat). HIKOYaT. Hikoya qilishlaricha, bir kishi Doniyol (a.s.)ning oldiga kelib, dedi: Tushimda o‘ng ko‘zim chap ko‘zimni o‘payotganini ko‘rdim. Doniyol alayhissalom: Ey odam, Xudodan qo‘rq va tavba qil, undan keyin qo‘shni xotinga hiyonat qilma, toki Xaq ta’oloning azobidan emin bo‘lg‘aysan, — dedilar. U kishi: Tavba qildim, bundan buyon uylanaman, — dedi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z yetti narsani bildiradi: yorug‘likni; pok dinni; islomni; farzandni; molni; ilmni va dinda ziyodalikni.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *