Tushda kuydirilgan qo’rg’oshin | Тушда куйдирилган кургошин
KUYDIRILGAN QO‘RG‘OSHIN (MURDORSANG) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi murdorsang bemorlik bo‘ladi. Tushida murdorsangdan yeganini ko‘rsa, bemor bo‘lishi, o‘lim xavfi mavjudligini bildiradi. Tushida murdorsangni birovga hadya qilganini yoki sotganini ko‘rsa, ranj va bemorlikdan omon bo‘ladi. Sariq murdorsang bemorlikdan omon bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi murdorsang uch narsaga dalildir: ranjga; bemorlikka; uqubatga va qiynoqqa.