Tushda latcha, ariq sichqoni | Тушда латча, арик сичкони
LATCHA (ROSU) (ariq sichqoni) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi latcha (ariq sichqoni) o‘g‘ri bo‘ladi. Tushida latchani tutib olganini yoki o‘ldirganini ko‘rsa, o‘g‘rini tugib olishi va yengishni bildiradi. Tushida latcha go‘shtini yeyayotganini yoki uning a’zosidan birortasini qo‘lida turganini ko‘rsa, o‘g‘irlangan molni o‘g‘ridan tortib olishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida latcha uni tishlab olganini ko‘rsa, kasal bo‘lib, oxiri shifo topishiga dalildir.
Tushida latcha bilan olishayotganini va unga g‘olib kelganini ko‘rsa, o‘g‘riga yopishishi va uni yengishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda latchani ko‘rish uch narsaga dalildir: o‘g‘riga; g‘amu anduhga; kasallikka.