Tushda lavzina | Тушда лавзина

LAVZINA — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida lavzinani shakar bilan og‘ziga solganini ko‘rsa, birorta odamdan shirin so‘z eshitishiga dalildir. Tushida lavzinadan to‘yib yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha mol topishiga dalildir. Tushida birovga lavzina berganini ko‘rsa, unga shirin so‘z aytishi yoki uning uchun bir yaxshi ish qilishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida lavzina yeyish molu ne’matga dalildir. Tushida lavzina topsa yoki sotib olsa yohud kimdir unga berganini ko‘rsa, haloldan molu davlat topishiga va uni xarj qilishiga dalildir. Tushida birovga lavzina berganini ko‘rsa, undan o‘sha kishiga molu ne’mat yetishiga dalildir. Agar lavzinasi yo‘q bo‘lib qolganini yoki o‘g‘irlab ketishganini ko‘rsa, bu molining nuqson topishiga dalildir.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *