LUQMA (LUQMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir uning og‘ziga shirin taomdan bir luqma solib qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishi bunga shirin bir so‘z aytishiga dalildir. Agar luqma qattiq va nordon bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘ziga shirin va laziz luqma solinganini ko‘rsa, agar bu odam solih kishi bo‘lsa, halol mol topishiga dalildir. Agar og‘ziga issiq luqma solinganini ko‘rsa, kimningdir so‘zidan baloga tushishiga dalildir. Agar luqma og‘zida oson turganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘izdagi luqma uch narsani bildiradi: bo‘sa olishni; shirin so‘z aytishni; luqma miqdoriga muvofiq foyda ko‘rishni.
Saytdagi barcha maqolalar faqat o`qish uchun. Saytdagi barcha ma’lumotlarni tarqatish, saqlash, chop etish, tijorat maqsadlarida sotish, ko`chirish va boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirishda faqat sayt ma’muriyati bilan kelishilgan yoki ogolantirilgan holatda amalga oshirilishi shart. Ushbu qoidalarni buzish oqibatlari O’zbekiston Respublikasining 30.08.1996 yildagi 272-I-sonli Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonuniga muvofiq jinoiy javobgarligla tortishga asos bo`ladi.
Yangi sharhlar