Tushda maypo’xta, may ichish, mastlik, sharob ichish | Тушда майпухта, май ичиш, мастлик, шароб ичиш

MAYPO‘XTA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, maypo‘xta harom mol deb ta’bir qilinadi. Tushida may ichib, mast bo‘lganini ko‘rsa, maylik darajasiga muvofiq izzat va obro‘ topishiga dalildir. Tushda aroq yoki maypo‘xta ichmasdan mast bo‘lganini ko‘rsa, unga qo‘rqinch va katta xavf yetishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida maypo‘xta yoki mayiz sharobidan mast bo‘lganini ko‘rsa, ichgani miqdorida molu ne’mati kam bo‘ladi. Tushida maypo‘xtasi borligini va uni oxirigacha ichib tugatganini ko‘rsa, odamlar bilan jang va janjal qilishiga dalildir. Tushida maypo‘xta ichiga g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, xusumatda halok bo‘lishiga dalildir.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida maypo‘xta ichganini ko‘rsa, halol molni harom molga almashishiga dalildir.
Tushida maypo‘xta sof suv bilan birgaligini ko‘rsa, ba’zisi halol ba’zisi harom molni qo‘lga kiritishiga dalildir. Yana aytishlaricha, ayollardan boylikni tortib olishiga dalildir.
Tushida maypo‘xta sotganini ko‘rsa, birorta harom narsa sotishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *