Tushda mix | Тушда мих

MIX (MIX) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mix aka yoki uka bo‘ladi. Tushida mixni devorga qoqqanini ko‘rsa, aka yoki ukasi o‘sha mix qoqilgan joyda bir kishi bilan topishishini bildiradi, negaki devor tushda erkak kishini anglatadi. Tushida ipga mixni bog‘laganini ko‘rsa, aka yo ukasi bir odam bilan bog‘lanishiga dalildir. Tushida beliga mix urganini ko‘rsa, pushtidan bir farzand tug‘ilishi va bu farzand podshoh bo‘lishi yoki sharaf va ulug‘lik topishi yoki nomi olamga taraladigan zohid bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a)ning aytishicha, tushda mix din va dunyoda sharaf va ulug‘lik topishiga dalildir. Tushida uyining eshigida mix ko‘rsa, ulug‘lik va sharaf topishiga dalildir. Tushida uyidagi mixni sug‘irganini va otib yuborganini ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi. Tushida yog‘ochdan yoki temirdan yoki kumushdan yoki misdan yoxud suyakdan mixni ko‘rsa, buning ta’biri ikki narsaga bo‘ladi, yo xotin oladi yoki do‘st tutinadi. Tushida mixni ustunga yoki xodaga urganini ko‘rsa, o‘ziga mos bo‘lgan bir odam bilan do‘st tutinishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida mixni bronza yoki misdan ekanini ko‘rsa, ta’biri yaxshi bo‘ladi. Agar temir yoki suyakdan bo‘lsa, yaxshilikka va kuchu quvvatga dalil bo‘ladi. Tushida qo‘lida temir mix borligini ko‘rsa, podshohga loyiq bo‘lgan farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar farzandi bo‘lmasa, Xudoyi ta’olo unga ilmu donish nasib etishi, agar ilm ahlidan bo‘lmasa, ilm ahli uni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Tushida tilla yoki kumush mixni yerga qoqqanini ko‘rsa, o‘z kasbidan boy bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mix to‘rt narsaga dalildir: aka-ukaga; farzandga; do‘stga; xotin olishga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *