Tushda mum | Тушда мум

MUM (MUM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq mum mol va ne’mat bo‘ladi, sariq mum esa bemorlikdir. Tushida oq mum yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha halol mol topishiga dalildir. Tushida mumi yo‘qolganini yoki sotib yuborganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, mum qaysi rangda bo‘lmasin molu ne’mat bo‘ladi. Tushi oq mumni og‘zida tishi bilan ezayotganini ko‘rsa, bu boshqa mumlardan yaxshi bo‘ladi. Tushida mumni og‘zida maydalayotganini ko‘rsa, birovdan shi^oyat qilishiga dalildir. Agar mumni olovda kuydirayotganini ko‘rsa, uning mikdoricha podshoh uning molidan olishiga dalildir.
Tushida mumlardan sham yasab, odamlarga berayotganini ko‘rsa, molini xayrli va soz ishlarga sadaqa va xarj qilishiga hamda odamlarga saxovat va ehson ko‘rsatishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *