Tushda musallas | Тушда мусаллас

MUSALLAS Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, musallas aslida harom moldir, Agar musallas ichiga g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, fitnaga tushishiga dalildir. Agar musallas ichayotganini ko‘rsa, ichgani miqdoriga harom mol nasib etadi. Agar musallasni qaynatib ichganini ko‘rsa, harom molni mashaqqat va qiyinchilik bilan qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar uyida ko‘p musallas borligini ko‘rsa, musallas mikdoriga muvofiq bir dehqon kishidan foyda topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, musallasdan may bo‘lganini ko‘rsa, mastlik mikdoriga qarab ulug‘lik va izzat topishiga dalildir. Agar ichmasdan turib mast bo‘lganini ko‘rsa, unga qattiq qo‘rqinch yuz ko‘rsatadi. Alloh ta’olo aytadi: . . .hamda odamlar-ni mast holda ko‘rasiz, holbuki, ular mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir (Haj surasi, 2-oyat). Agar qo‘lida qadah borligini, biroq do‘sti qo‘lidan olib qo‘yganini ko‘rsa, tirikchilik to‘g‘risida so‘zlashuviga dalildir. Agar musallasni dokadan o‘tkazayotganini ko‘rsa, podshoh xizmatini qilishiga dalildir. Agar musallas ariq bo‘lib oqayotganini va u ariqda suzayotganini ko‘rsa, dunyoviy baloga giriftor bo‘lishiga dalildir, Jobir (r.a.)ning aytishicha, agar musallasni suv bilan aralashtirib ichayotganini ko‘rsa, pora yeyishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi musallas uch narsani bildiradi: harom molni; rivojni; ne’matni.
Tushdagi musallas furush doimo jang va fitna bilan shug‘ullanuvchi kishini bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *