Tushda narvon, shoti | Тушда нарвон, шоти
NARVON, SHOTI (NARDBON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida narvondan yuqori ko‘tarilganini, narvon loy va g‘ishtdan ekanini ko‘rsa, yaxshilik va sozlikka, dinining ziyoda bo‘lishiga, ezgulikka yetishiga dalildir. Agar narvon tosh va ohakdan ekanini ko‘rsa, toshyurak va berahm bo‘lishiga dalildir. Agar narvon yog‘ochdan ekanini ko‘rsa, dinining zaif ekaniga dalildir. Tushida narvondan yuqori ko‘garilganini va narvon ohakdan ekanini ko‘rsa, podshoh bo‘lishiga dalildir, agar ohakdan bo‘lmasa, xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Agar narvondan pastga tushganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushidan narvondan yerga yiqilganini ko‘rsa, ulug‘lik va izzatdan tushishi va ziyon tortishiga dalildir.