Tushda nog’ora | Тушда ногора
NOG‘ORA (TABIRA) — Tabira (nog‘ora) fors tilida tabl deyiladi. Uni tushda ko‘rmoq, makru va yolg‘on so‘z bo‘ladi. Bu sifatlar nog‘ora chaluvchiga dalolat qiladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, nog‘ora ovoziga oyoq o‘ynatayotganini va raqsga tushayotganini ko‘rsa, g‘amu anduh va musibatga dalildir. Agar tushida nog‘ora chalayotgan bo‘lsa, yomon so‘z aytishi yoki noma’qul bir ish qilib, u bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi nog‘ora yoqimli, lekin botil ovoz hisoblanadi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, nog‘ora chalayotganini ko‘rsa, botil ishlar yoki asli yo‘q narsalarni bildiradi, odamlar uchun bergan har bir va’dasi yolg‘on bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda nog‘ora chalmoq nodonlik bilan qilinadigan ishni bildiradi va oqibat natijada bu ishning botil va yomon ekanligi oshkor bo‘ladi. Tushda nog‘ora chalmoq zohirda shirin va chiroyli so‘z aytadigan, botinda esa odamlarni g‘iybat qiladigan hamda yoqimsiz so‘zlarni aytadigan kishini bildiradi.