Tushda noranj mevasi| Тушда норанж меваси
NORANJ (NORANJ) MEVASI Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, noranj sariq rangli bo‘lib, xushbo‘y hidga ega, ko‘rinishi yaxshi va pokiza, Jannat mevalaridan, shuning uchun uni tushda ko‘rish yaxshidir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bittadan uchtagacha bo‘lgan noranj farzandni bildiradi, uchtadan oshsa, uning miqdoricha mevofiq, boylikka dalildir. Tushda yashil noranj yaxshi bo‘ladi. O‘z faslida ko‘rilgan sariq noranj yomondir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushidagi noranj yashil bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi yashil noranj bemorlik va g‘amu anduhga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi noranj to‘rt narsani bildiradi: do‘stni; nizoni; farzandni; odamlardan yetadigan foydani.