Tushda odam moyagi | Тушда одам мояги

ODAM MOYAGI (XOYAI ODAMIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim o‘z moyagining katta bo‘lib qolganini ko‘rsa, quvvat, farzand va molining ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Tushida har ikki moyagining kichrayib qolganini ko‘rsa, yuqoridagining aksidir. Agar tushida moyagini kesib yuborilganini ko‘rsa, dushmanlar uning ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir. Agar tushida o‘z moyagini birovga berganini ko‘rsa, xaromzoda farzand tug‘ilishi va nasabi boshqa kishidan ekanligiga dalildir. Agar tushida moyaklari shishib ketganini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir, lekin unga dushmandan xavf yetadi.
Agar tushida moyaklari cho‘zilib ketganligini, chunonchi yerda sudralib yurganini ko‘rsa, moli nihoyatda ko‘payishiga dalildir.
Agar tushida o‘zga bir erkakning moyagini tortganini ko‘rsa, har ikki erkak bir-birining xotini bilan buzuqlik qilishlariga dalildir. Agar tushida o‘z moyagining terisini tortayotganini ko‘rsa, kimdir farzandiga sitam qilishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida kimdir uning moyagini qattiq ushlaganini ko‘rsa, farzandining o‘limi haqidagi xabarni eshitadi. Agar farzandi bo‘lmasa, hurmat va e’tibori kamayishiga dalildir. Agar tushida moyagi tagidan kesib olinganini ko‘rsa, quvvati qirqilishiga dalildir. Agar tushida moyaklarining ip yoki boshqa narsa bilan bog‘lab qo‘yilganini ko‘rsa, ishlari chappasidan ketishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi odam moyagi dushmanning shiddatini qaytarishiga dalildir. Agar tushida moyagi nuqsonli ekanligini ko‘rsa, dushman uning ustidan zafar topishiga dalildir. Agar tushida chap moyagini sug‘urib olganlarini ko‘rsa, halok bo‘lishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi moyak yetti narsaga dalil bo‘ladi: farzandga; molga; ahli oilasiga; obro‘-e’tiborga; ulug‘likka; xojatini qidirishga; murodiga yetishga



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *