Tushda odam tanasi | Тушда одам танаси

ODAM TANASI (TANI MARDUM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, odam tanasini tushda ko‘rish g‘amu anduh bo‘ladi, negaki tanadagi har bir nuqson yoki ortiqchalik ayshu maishatga dalil bo‘ladi. Agar tanasini ozg‘in va ingichka ko‘rsa, kambag‘allik va ishlariga to‘siq yetishiga dalildir. Semiz tana esa badavlatlik va ishlarning yurishib ketishiga dalildir. Badanidan rishta chiqsa va o‘sib ketsa, tirikchilikni xush o‘tkazishi va moli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar u tanini temir yoki misdan ekanini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalil bo‘ladi, rizqi va ne’mati serob bo‘ladi. Tani shishadan ekanini ko‘rsa, ajali yaqinlashganiga dalolat qiladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Agar tani tandurust va kuchli ekanini ko‘rsa, ishlari joyida, sirlari yashirin bo‘ladi. Badanining zaif ekanini ko‘rsa, kambag‘al bo‘lib, sir-asrori ochilib ketishiga dalil bo‘ladi.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar tanasida ortiqchalik ko‘rsa, quvvat, boylik va dushman ustidan zafar qazonishiga belgi bo‘ladi. Agar tanasida nuqson ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksidir. Badanining boshdan oyoq shishib ketganini ko‘rsa, kasal bo‘lishiga dalolat qiladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *