Tushda ohu, bug’u | Тушда оху, бугу

OHU Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida ohuni tutib olsa, chiroyli kanizakni qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar ohu tomog‘ining orqa tomonidan so‘yganini ko‘rsa, birorta kanizak bilan shari’atga xilof ravishda qo‘shilishiga dalildir.
Ohuning po‘stini shilganini ko‘rsa, begona ayol bilan zino qilishiga dalildir. Agar ohu terisini yeganini ko‘rsa, chiroyli bir ayoldan mol topadi. Agar ohu terisi yoki go‘pggi yoki yog‘iga ega bo‘lganini ko‘rsa, unga ayol kishidan mol yetishiga dalildir. Ohuning o‘ldirganini ko‘rsa, ayol tomonidan g‘am yetishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, ohuni ovda yiqitganini ko‘rsa, g‘animat (mol) topishiga dalildir. Ohu uning uyida o‘lib qolganini ko‘rsa, xotin sababli qayg‘u alam yetishiga dalildir.
Ohuning tosh bilan urganini yoki kamon bilan otganini ko‘rsa, biror ayolga qattiq va nosoz so‘zlar aytishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, qo‘li bilan ohuni tutsa yoki birov unga bersa kanizagidan farzand tug‘ilishiga dalildir.
Imomi Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida ohuni ko‘rmoq to‘rt narsaga dalildir: ayolga; kanizakka; farzandga; ayollardan yetadigan foydaga.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *