Tushda o’likning nolimog’i | Тушда уликнинг нолимоги
O‘LIKNING NOLIMOG‘I (MURDA NOLIDAN) Ibn Si-rin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning ahvoli yomonligini va u noliyotganini ko‘rsa, uning dunyoda qilgan yomon ishlaridan savolga tutilganiga dalildir. Agar o‘likni bemor holda ko‘rsa, uni din va iymon haqida savolga tutishlariga dalildir. Agar murda bosh og‘rig‘idan shikoyat qilganini ko‘rsa, dunyodagi takabburligidan savol qilinishiga dalildir. Boshqalarning aytishicha, ota-ona haqini ado qilishdagi nuqsoni uchun savolga tutishlarini bsldiradi. Agar tish og‘rig‘idan shikoyat qilsa, odamlarni g‘iybat qilgani haqida savolga tutilishiga dalildir. Agar ko‘z og‘rig‘idan shikoyat qilsa, odamlarning ayollariga dunyoda qilgan nazari uchun savol qilinishiga dalildir. Agar quloq
og‘rig‘idan shikoyat qilsa, dunyoda yomon so‘zlarga quloq solganidan savol qilinishiga dalildir. Agar qo‘l og‘rig‘idan shikoyat qilsa, dunyodan ayollar va aka-ukalari haqiga qilgan ishidan savol qilinishiga dalildir. Agar biqin og‘rig‘idan shikoyat qilsa, ayollar to‘g‘risida qilgan ishlaridan savol qilinishiga dalildir. Agar bel og‘rig‘idan shikoyat qilsa, ota-ona haqi to‘g‘risida savol qilishlariga dalildir. Agar jinsiy a’zo og‘rig‘idan shikoyat qilsa, dunyoda qilgan gunoh va buzuqchiligidan savol qilinishiga dalildir. Agar tizza va oyoqlari haqida nolisa, dunyoda qilgan ishlaridan savol qilinishiga dalildir.