Tushda o’roq | Тушда урок
O‘ROQ (DOS) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida qo‘lida o‘roq borligini ko‘rsa, o‘ziga mol hosil qiladigan biror asbob yasashiga dalil bo‘ladi. Tushida o‘rog‘i yo‘qolib qolganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida oltindan yoki kumushdan qilingan o‘rog‘i borligini ko‘rsa, harom moldan biror narsaga ega bo‘lishini bildiradi. Tushida o‘sha o‘roq bilan birorta zarrin narsani o‘rayotganini ko‘rsa, molu ne’mat topishiga dalildir.