Tushda o’sma | Тушда усма
O‘SMA (VASMA) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘sma g‘amu anduh bo‘ladi. Tushida yeri borligini va u yerda ko‘pgina o‘smalar o‘sganini ko‘rsa, g‘amu anduh bo‘ladi. Tushida yerdan o‘smalarni yulib olganini va otib yuborganini ko‘rsa, g‘amu anduxdan qutilishiga dalildir. Tushida o‘smani yeganini ko‘rsa, xotini sababli ranj va mehnatga qolishiga dalildir. Tushida bir odam unga bir dasta o‘sma berganini ko‘rsa, o‘rtada dushmanlik paydo bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir dasta o‘smani xotiniga berganini ko‘rsa, bir-biridan judo bo‘lishiga dalildir. Tushda ko‘rilgan o‘smadan hech kanday ezgulik yo‘q.