Tushda ostona | Тушда остона

OSTONA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, uyining ostonasi baland bo‘lib qolganini ko‘rsa, balandligiga doir molu ne’mat topadi. Agar ostonasining yiqilganini ko‘rsa, qadru e’tibori ketadi va odamlar nazarida xor bo‘ladi. Agar uyi ostonasidan yomg‘ir suvi kabi musaffo suv yog‘ayotganini ko‘rsa, shunga loyiq molu ne’mat hosil bo‘ladi. Ostonasidan ilon va chayonlar tushayotganini ko‘rsa, podshoxdan yoki biror ulug‘ kishidan unga g‘amu qayg‘u yetadi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, xona ostonasi ustiga yiqilganini va uning ostida qolganini ko‘rsa, o‘lim xavfi yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . .Shunda Alloh ular (qurgan makr) binolarini poydevorlari bilan qo‘porib tashladi, bas, tom o‘zlarining ustiga quladi va ularga o‘zlari sezmagan (kutmagan) tarafdan azob keldi (Nahl surasi, 26-oyat). Ostonasi rangli va naqshlanganini ko‘rsa, dunyo ziynati va oroyishi bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *