Tushda otga minish, chavandozlik | Тушда отга миниш, чавандозлик

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

OTGA MINISH CHAVANDOZLIK (SAVORIY) Ibn Sirinning aytishicha, tushida chavandozlik qilayotganini ko‘rsa, podshohdan mol va ne’mat topishiga dalildir. Agar chavandozlar bilan aylanib yurganini va ular bunga mute’ va quloq soluvchi ekanliklarini ko‘rsa, bir guruhga boshliq bo‘lishiga dalildir.
Agar otliqlar birorta joyda chavandozlik qilayotganlarini ko‘rsa, o‘sha joyga qattiq yomg‘ir yog‘ishiga dalildir. Agar notanish otliqlar unga dunyo molidan biror narsa berganligini ko‘rsa, birorta musofir odamdan foyda olishiga dalildir. Agar o‘sha otliqlarning tanish ekanliklarini ko‘rsa, foydani do‘stlardan va tanishlardan ko‘rishiga dalildir. Agar otliqlarni ozg‘in otlar ustidan ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan