Tushda peshob, siydik | Тушда пешоб, сийдик

An-Nobulsiy: U tushda halol bo’lmagan narsaga molini sarflashdir. Tushda siydikning ko’payishi rizqning ko’payishi va qorindagi narsaning ketishiga dalildir. Siydikni ushlab turish ko’p ishda shoshilish va xatoga dalolat qiladi. Chunki siydik tutib turgan odam beqaror bo’ladi. Aytishlaricha, kim molning ustiga bavl qilsa, shu moldan zarar ko’radi. Agar mehrobga bavl qilsa, unga olim bola tug’iladi. Kim yarmini bavl qilib, ba’zisini saqlab qolsa va boy bo’lsa, molining ba’zisi ketadi. Agar xafa holda bo’lsa, xafagarchiligi ketadi. Agar o’zi bilan birga boshqasi ham bavl qilsa va ikkalasining siydigi aralashib ketsa, ikkisining o’rtasida aloqa va qarindoshlik paydo bo’ladi. Shuningdek, kim siydik tutib tursa, ayoliga g’azab qiladi. Agar unga siydigi kuch kelib bavl qilishga joy topa olmasa, o’ngida molni ko’mib qo’yishni xohlab qo’ygani joy topa olmaydi. Agar bavl qiladigan joyga bavl qilsa va siydigi ko’p kelsa bas, agar faqir bo’lsa kengchilikka erishadi. Agar boy bo’lsa, molida ziyonga uchraydi. Agar insonlar uning bavlini o’zlariga surtishayotgan bo’lsa, ularga peshvo bo’ladigan farzand ko’radi. Agar taniqli inson tush ko’ruvchining ustiga bavl qilsa, molini unga infoq qilishi sababli uni xorlaydi. Kim sutga bavl qilsa, Fitratni zoe qiladi. Agar taniqli inson uni ichsa, dunyosida unga halol molni infoq qiladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *