Tushda pichoq | Тушда пичок

PICHOQ (KORD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pichoq-farzand, qini-xotindir. Tushida pichog‘i borligini va u o‘ziniki ekanligini ko‘rsa, oilasida farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar pichoq bilan birga boshqa qurollari ham borligini ko‘rsa, ulug‘lik va izzat topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qurollanganini va qo‘lida pichoq ham borligini ko‘rsa, birovdan unga himoya va kuvvat yetishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, g‘ulomiga pichoq yasashni o‘rgatadi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida pichoqni qinidan chiqarganini ko‘rsa, xotini o‘g‘il tug‘ishiga dalildir. Agar pichog‘i qinida sinib qolganini ko‘rsa, otasi yoki qarindoshlaridan birining otasi o‘lishiga dalildir. Agar pichog‘i bilan o‘z tanasini kesganini ko‘rsa, tanaga yetgan ziyon miqdorida zarar yetishiga dalildir. Agar pichoq bilan birorta narsani taroshlayotganini ko‘rsa, o‘sha narsadan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar pichog‘i darz ketganini yoki zang bosganini yoxud birorta ayb yuz berganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pichoq yetti narsaga dalildir: hujjat; farzand; zafar; himoya; aka-uka; quvvat; martaba.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *