Tushda piyola, qadax | Тушда пиёла, кадах
PIYOLA Muhammad ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi piyola aypgu ishrat qilinadigan kanizakni bildiradi. Agar piyoladan suv yoki gulob ichayotganini ko‘rsa, kanizak bilan halol holda qovushishni va undan solih farzand tug‘ilishini bildiradi. Agar piyoladagi suv yoki gulob to‘kilib ketganini ko‘rsa, tug‘ilgan farzandining o‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi piyola ikki narsani bildiradi: kanizakni va xodimni.
PIYOLA, QADAH (JOM) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, suv yoki gulob to‘ldirilgan piyolani olsa yoki kimdir unga bersa va undan ichganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishi yoxud porso farzand tug‘ilishi va bundan rohat ko‘rishiga dalildir. Agar piyoladan suvni to‘kib yuborganini, piyola esa qo‘lida qolganini ko‘rsa, farzandining o‘lib, onasining qolishiga dalil bo‘lg di. Agar piyolaning singanini, suvi esa to‘kilmay qolganini ko‘rsa, xotini o‘lib, farzandi qolishini bildiradi. Agar piyolasi sinsa, suvi esa to‘kilib ketsa, farzand hamda onasining halok bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, piyolalarni xonalarga hamda devorlar ustiga qo‘yilganini ko‘rsa, piyolalar uning uchun keyinchalik kanizaklar va ayollar bo‘lishiga dalildir. Agar oq yoki yashil piyolani ko‘rsa, uning uylanajak ayoli soliha va porso bo‘lishiga dalildir. Agar qizil piyolalarni ko‘rsa, ishratni yaxshi ko‘ruvchi, buzuq ayol bo‘lishiga dalildir. Agar sariq piyolalarni ko‘rsa, uning ayollari kasalmand bo‘lishlariga dalildir. Agar qora piyolalarni ko‘rsa, uning ayollari g‘amgin va musibatli bo‘lishlariga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida suv yoki gulob to‘la qadahni ko‘rsa va undan ichsa, xotin olishi va undan taqvodor farzand to‘g‘ilishiga dalildir yoki kanizak sotib olishini bildiradi.
Ja’f ar Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qadah uch narsani bildiradi: xotinni; kanizakni; hojatman xizmatkorni.