Tushda piyoz | Тушда пиёз
PIYOZ Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi piyoz harom mol, noxush so‘zdir. Tush ko‘ruvchi solih va yaxshi odam bo‘lsa, yuqoridagi ta’bir yuz beradi. Bordi-yu tush ko‘ruvchi solih bo‘lmasa, harom mol to‘plashiga dalildir va u hakda doim yomon so‘z aytadilar, xususan piyoz qizil bo‘lsa. Agar pishirilgan piyozni yeganini ko‘rsa, oqibatda harom yeyishdan tavba qilishini va Xudoyi ta’ologa qaytishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda piyoz yemoq uch narsani bildiradi: harom molnii; g‘iybatni va yoqimsiz so‘zni; ishlarda yuz beradigan pushaymonlikni.