Tushda poyga tushish | Тушда пойга тушиш
POYGA TUSHISH (FURUD OMADAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tog‘dan yoki tomdan poyga tushganini ko‘rsa, ulug‘ligiga yoki moliga nuqson yetishiga dalildir. Agar tushida balanddan poyga tushganini ko‘rsa, balandlikning miqdoriga muvofiq moliga nuqson yetadi. Agar g‘isht va loydan qilingan narvondan poyga tushganini ko‘rsa, diniga xalal yetishiga dalildir. Agar narvon tosh yoki alebastr bo‘lsa dini nifoq uchun bo‘lishiga dalildir.