Tushda qalam, ruchka | Тушда калам, ручка
QALAM (QALAM) Ta’birchilar qalam ta’biri haqida har xil fikrdalar. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, qalam Haq amri bo‘lib, Haq ta’oloning Qalam va Lavhi mahfuzga ehtiyoji yo‘q.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, qalam bir farishta bo‘lib, Xudoyi ta’oloning farmonini bajaradi. Agar tushida Qalamni o‘z asl shaklida ko‘rsa, oqil podshohga ishi tushishiga dalil bo‘ladi.
Agar tushida qo‘liga qalam olganini ko‘rsa, oilasida olim farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘lidagi qalam bilan biror narsa yozganini ko‘rsa, ilm o‘rganishiga dalildir.
Alloh ta’olo aytadi: U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi (Alaq surasi, 5-oyat).
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qalam besh narsani bildiradi: Haq ta’olo amrini; farishtani; boylikni; ishlarning haqiqatini; farzandni.
QALAM (XOMA) (xozirgi ruchka) Xoma — bu qalam (hozirgi ruchka)dir. Agar tushida qalam topsa yoki kimdir unga bersa, ilm topishiga, ishlari yaxshi bo‘lishiga va murodiga yetishiga dalildir. Agar tushida qalam bilan biror narsa yozganini ko‘rsa va yozgan narsa yaxshilikni bildiruvchi bo‘lsa, yaxshilikka dalildir, agar yomon narsa yozilgan bo‘lsa yomon holatga dalildir. Agar tushida qalam bilan yozganini ko‘rsa, safardagi g‘oyibi tez qaytishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida qalam bilan qo‘liga yozilganini ko‘rsa, u ahli ilmdan bo‘lsa ulamo va fuzalolar bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir. Agar tushida qalam bilan biror narsa yozganini va o‘qiganini ko‘rsa, uning o‘limiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (Unga aytilur): Kitobingni o‘qi!
Bugun o‘z shaxsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir (Isro surasi, 14-oyat). Biroq yozgani ahli sunnat a jamoatning kitobiga muvofiq bo‘lsa obro‘ va e’tibor topishiga dalildir. Tushida qo‘lidagi qalami sinib qolganini ko‘rsa, agar olim bo‘lsa hurmati kam bo‘lishiga va ishidan ravnaq ketishiga dalildir.
Agar tushida singan qalam bilan yozayotganini ko‘rsa, yozgani chorpolar va parrandalar borasida bo‘lsa, bu narsa o‘sha odamlarning tabiatidagi suvrat va siyratiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi qalam yetti narsani bildiradi: hikmatni; farmonni; ilmni; ogohlikni; hokimlikni; ishlarning to‘g‘ri bo‘lishini; murodu maqsadga yetishini.