Tushda qaltiramoq, silkinmoq | Тушда калтирамок, силкинмок

QALTIRAMOQ, SILKINMOQ (LARZIDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bo‘yni qaltiraganini ko‘rsa, omonatni saqlashda zaif ekaniga dalildir. Tushida boshi qaltiraganini ko‘rsa, hokimdan ziyon yetishiga dalildir. Agar qo‘llari qaltiraganini ko‘rsa, maishati yaxshi bo‘lishiga dalildir. Ko‘kragi qaltiraganini ko‘rsa, g‘amga sabab bo‘ladigan so‘z eshitishiga dalildir. Agar tushida qorni qaltiraganini ko‘rsa, quvvati va himoyachisiga bo‘lgan odamdan ranj yetishiga dalil bo‘ladi. Agar oyog‘i qaltiraganini ko‘rsa, safarda ranj tortishiga dalildir.
Barcha a’zolari qaltiraganini ko‘rsa, yetaman deb urinayotga muddaosi sababli ranj va qiyinchilik ko‘rishiga dalil bo‘ladi.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida a’zolarning qaltirashi qo‘rqinch va xavf bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda a’zolarning qaltirashi to‘rt narsaga dalildir: ahvolning zaifligiga; qo‘rquvga; g‘amu anduhga; zarar va bemorlikka.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *