Tushda qaroqchi | Тушда карокчи

QAROQCHI (ROHZAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi qaroqchi odamlar bilan jang qiluvchi kishidir. Tushida qaroqchi molini tortib olganini ko‘rsa, o‘zini aziz va obro‘li qiladigan kishi bilan aloqa qilishi va tortib olingan mol mikdoriga qarab, undan foyda topishini bilidiradi. Tushida qaroqchilar uning ustiga hujum qilganlarini, biroq hech narsasini tortib ololmaganlarini ko‘rsa, bemor, bo‘lsa, shifo topishni bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, qaroqchilar tushida uning molidan biror narsani o‘g‘irlab ketganlarini ko‘rsa, qaroqchining unga yolg‘on gapirishiga dalildir. Tushida qaroqchilar uning molini tortib olganlarini ko‘rsa, biror musibatga mubtalo bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida qaroqchilik qilganini va birovning molini olib ketganini ko‘rsa, o‘sha kishi unga g‘azabini sochishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi qaroqchilik uch narsani bildiradi: jangni; doimiy xusumat va yolg‘on gapirishni; maishatining buzilishi va bemorlikni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *