Tushda qaychi | Тушда кайчи
QAYCHI (NOXUNPIRO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qaychi taqsim qilish bilan shug‘ullanuvchi kishidir.
Tushida sochini qaychi bilan olayotganini yoki qaychi bilan kiyimni qaychilayotganini ko‘rsa, bularning barchasi yaxshidir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga qaychi berganini yoki uni sotib olganini yohud topib olganini ko‘rsa, agar uning oti bo‘lsa, yana ot sotib olishi yoki topib olishiga, agar mulki bo‘lsa, yana mulk sotib olishiga dalildir. Boshqa narsalar ham shu qiyosda bo‘ladi, ya’ni bir narsasi bo‘lsa, yana bir narsa hosil qiladi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qaychi do‘stlik qilingan din va dunyosi ziyoda bo‘ladigan yaxshi nomli va asli pok kishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qaychi uch narsani bildiradi: taqsim qiluvchi kishini; asli zoti yaxshi odamni; nomuvofiq do‘stni.