Tushda qiyomat | Тушда киёмат

QIYOMAT (RUSTAXEZ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, qiyomat bo‘lganini ko‘rsa (Qiyomat bo‘lishiga iymon keltiramiz va uni tasdiq etamiz), Alloh ta’olo o‘sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir. Agar o‘sha diyor podshohi zolim bo‘lsa, ularga ofat va balo yuborilishini bildiradi, agar mazlum bo‘lsa, ularni zolimlar ustidan g‘olib kelishiga dalildir. Tushida diyor ahlini Alloh ta’olo huzurida turganlarini ko‘rsa, Alloh ta’olo ularga o‘z g‘azabini yuborishiga dalildir. Tushida qiyomat boshlanganini ko‘rsa, mazlumlar zolimlarni yengishini bildiradi, agar ular g‘amu anduh va qiyinchilikda bo‘lsalar, bundan xalos bo‘lishlariga dalildir.
Tushida qiyomat belgilaridan bo‘lmishi bir belgi paydo bo‘lganini, masalan, quyoshning g‘arbdan chiqqanini, Ya’juj va Ma’juj yoki Dajjol paydo bo‘lganini ko‘rsa, ta’biri shuki, tavba qiladi va Xudoyi ta’ologa qaytadi. Tushida hisob-kitob qilinadigan joyga borganini ko‘rsa, bu g‘aflatda qolganlikni nishonidir.
Tushida so‘roq qilinganini ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir.
Tushida uning ishlari tarozuda tortilgani va yaxshi ishlari ko‘p chiqqanini ko‘rsa, oqibati yaxshi bo‘lishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: O‘sha kuni vazn (amallarni o‘lchab tortishlik) haqiqatdir. Kimning mezonlari (amallari) og‘ir kelsa, aynan o‘shalar tolei yor kishilardir (A’rof surasi, 8-oyat).
Tushida tarozuda tortilganda yomonligi ko‘p chiqqanini ko‘rsa, joyi Do‘zax bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimning mezonlari (amallari) yengil kelsa, ana o‘shalar oyatlari mizga zulm (inkor) qilganlari sababli, o‘zlariga ziyon qilganlardir (A’rof surasi, 9-oyat).
Tushida unga nomayi a’moli berilganini va u o‘ng qo‘ldan olganini ko‘rsa, ishlari o‘ngdan kelishi, din yo‘lida ishlari to‘g‘ri bo‘lishidan umid qilinadi. Alloh ta’olo aytadi: Biz O‘z payg‘ambarlarimizni hujjat (mo‘’jiza)lar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon (tarozi) tushirdik. . . (Xadid surasi, 25-oyat).
Tushida unga nomayi a’molini berganlarini va unga o‘qishni buyurganlarini ko‘rsa, bu odam hayotda yaxshi kishylardan bo‘lsa, ishlari yaxshi bo‘lishi, yomon kishilardan bo‘lsa, ishi xatarda ekanini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: (Unga aytilur): Kitobingni o‘qi! Bugun o‘z shaxsing o‘zingga qarshi yetarli hisob-chidir (Isro surasi, 14-oyat).
Agar o‘zini Sirot ustida ekanini tushida ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lda ekaniga dalildir. Sirotdan o‘tolmaganini tush ko‘rsa, xato yo‘lda ekanini bildiradi, u Xudoyi ta’olo rozi bo‘lishi uchun tavba qilmog‘i zarur.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qiyomat solih kishilar uchun to‘rt narsani bildiradi: muvaffaqiyatni; g‘amdan qutilishni; dushman ustidan g‘alaba qazonishni; iqbol va oqibati saodatli bo‘lishni. Yomon odamlar uchun bularning aksi bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *