Tushda qon oqmoq | Тушда кон окмок

QON OQMOQ (XUN OMADAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, jarohatsiz tanidan qon oqayotganini tush ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Agar tanida jarohat borligini ko‘rsa, moliga ziyon bo‘lib, g‘amu anduhga sababdir. Tushida xanjar yeganini va qon ravon bo‘lganini ko‘rsa, ziyon uzoqqa cho‘zilishi va bunda uning uchun savob bo‘lishiga dalildir. Tushida jarohat qoni uning libosini bulg‘aganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida qon ichayotganini ko‘rsa, harom mol topishini yoki nohaq qon to‘kilishini bildiradi. Tushida tanining bir yerida teshik bo‘lib, undan qon va yiring oqqanini va libosini bulg‘aganini ko‘rsa, o‘sha narsa mikdoriga muvofiq harom mol topishini bildiradi. Agar olatidan qon oqayotganini tush ko‘rsa, qiz bola ona qornidan tushib ketishiga ishoradir. Tushida orqa teshigidan qon oqayotganini ko‘rsa, qon miqdoriga muvofiq harom mol topishiga dalildir. Tushida tish milklaridan qon oqayotganini ko‘rsa, qarindoshlaridan g‘am yetishiga dalildir. Tushida shahar ko‘chalarida qon oqayotganini ko‘rsa, o‘sha joyda ko‘p qon to‘kilishiga dalildir. Tushida burnidan ko‘p g‘on oqqanini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

1 комментарий

  1. Asilbek:

    Zor

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *